Ekologiya vazirligi tasarrufidagi “Zomin davlat qo‘riqxonasi” hududida nazorat vaqtida Qizil kitobga kiritilgan oq boshli qumoylar tasvirga olindi.

Ekologiya vazirligi  tasarrufidagi “Zomin davlat qo‘riqxonasi” hududida nazorat vaqtida Qizil kitobga kiritilgan oq boshli qumoylar tasvirga olindi.

Ma'lumot uchun, oq boshli qumoy zaif, qisqarib borayotgan, oʼtroq, mozaik tarqalgan nominal kenja tur. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil roʼyxati va Yo'qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to'g'risidagi konvensiyaning II ilovasiga kiritilgan.

Soʼnggi yillarda Ohangaron suv omborida 30 tagacha, Objazsoyda (Qurama togʼi) 46 ta, Dehqonobodda 70 ta, Tangi qishlogʼida (Koʼhitang) 27 tadan iborat galasi uchragan.

Ovlash taqiqlangan. Togʼ qoʼriqxonalari va milliy tabiat bogʼlarida muhofaza ostiga olingan.