"Daraxtga nafas bering": Surxondaryoda 600 ga yaqin daraxt beton qoplamalar, yoritkich simlari va reklama bannerlaridan tozalandi

Ayni damda butun respublika bo'yicha "Daraxtga nafas bering" tadbirlari davom etmoqda. 

Tadbir doirasida barcha hududlarda daraxtlarning osti betondan tozalanmoqda, turli reklama bannerlari va boshda daraxtga shikast yetkazuvchi narsalar olib tashlanmoqda.

Xususan, Surxondaryo viloyatida ham bu borada keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, shu paytga qadar 300 ga yaqin daraxtning tag qismi betondan tozalandi. 100 ga yaqin daraxtdan turli yoritkich moslamalari, simlar olib tashlandi. Qolaversa, yana 200 ga yaqin daraxt reklama bannerlaridan xalos qilindi.

"Daraxtga nafas bering" tadbirlari davom etmoqda. Maqsad daraxtlarning yashovchanligini ta'minlash, ularni zararli narsalardan xalos etishdir.