Samarqandda “Qizil kitob”ga kiritilgan qora tasqaraga tibbiy yordam ko‘rsatildi

Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, “Qiyot” mahallasida yashovchi fuqaro E. M.ning yashash xonadoniga bir qanoti yaralangan yovvoyi yirtqich qush kelib qoldi. Fuqaro bu haqda tuman ekologiya bo'limi davlat inspektorlariga xabar berdi.

https://eco.gov.uz/uploads/global/%D0%9D%D0%BE%D0%B2%D0%B0%D1%8F%20%D0%BF%D0%B0%D0%BF%D0%BA%D0%B0/NewFolder%201/NewFolder/NewFolder/%D1%8D%D0%BA%D1%81%D0%BF%D0%B5%D0%B4%D0%B8%D1%86%D0%B8%D1%8F/NewFolder/photo_2023-08-14_18-09-21.jpg

Inspektorlar fuqaroning uyiga borib, yirtqich qush burgutsimonlar oilasiga mansub bo'lgan tasqara qushi ekanligini aniqlashdi. Ma'lumot uchun, tasqara O‘zbekiston "Qizil kitobi"ga kiritilgan.

Mazkur qush tuman ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan "Zarafshon" milliy tabiat bog‘iga topshirildi. Tasqara maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va tez orada tabiat bag'riga qo‘yib yuboriladi.