Tabiat bolar nigohida

Samarqand tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi  tasarrufidagi  davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2022-yil 12-13-aprel kunlari tumandagi  barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari o'rtasida "Xalqaro yer kuni" munosabati bilan "Tabiat bolalar nigohida" mavzusida bolalar rasmlar  tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda bo'lim  tasarrufidagi  barcha  davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 6-7 yoshli tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi. Tanlov ishtirokchilari o'z bolalik nigohlari orqali tabiatni tasvirlab rasm chizdilar.

Turli xil ko'rinishdagi rasmlar orasidan I, II,III- darajali diplom egalari aniqlab olindi. Tanlov  jarayonida 1, 3, 4, 8,11,14,17,18,19, 20,22,23,24,29,30, 34,40-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiulotlari tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra  3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Sabina Rahmonqulova 1-o‘rinni, 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Ilhomova Shahrizoda 2-o‘rinni va 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Najmiddinova Fotima faxrli 3- o‘rinni egallashdi va tanlovning viloyat bosqichiga ishtirok etishga tavsiya etildi.