Send mail
info@uznature.uz
info@uznature.uz
Toshkent shahar
Iqlim o'zgarishi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan eng global muammolardan biri sifatida tan olinmoqda. Sababi uning oqibatlari dunyoning barcha mintaqalarida o'z ta'sirini ko'rsatib bormoqda. Biz barcha tovar va xizmatlarning oxirgi iste'molchisi hisoblanamiz. Ularning ishlab chiqarilishi uchun muayyan resurs va energiya, ya'ni uglevodorod xomashyolari (neft, ko'mir va tabiiy gaz) talab etiladi. Ularni qazib olish va foydalanish davomida atmosferaga issiqxona gazlari chiqariladi. Buning natijasida issiqxona effekti kamayadi va havo harorati ko'tariladi. Bu — bizning Yer sayyorasida qoldiradigan uglerod izimizdir.
Mazkur muammoning salbiy oqibatlari mamlakatlarning barqaror rivojlanish jarayonlariga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shuning uchun iqlim o'zgarishi xalqaro hamjamiyat tomonidan barqaror rivojlanishning 17 ta maqsadi (BRM)dan biri, ya'ni 13-maqsad — "Iqlim o'zgarishi va uning oqibatlari bilan kurashishda shoshilinch choralar qabul qilish" kiritilgan.