Tabiat bolalar nigohida platformasi

Связаться с нами

+998 (71) 207-07-70

Jenevada atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish masalasi muhokama qilinmoqda

https://eco.gov.uz/uploads/photo_2023-09-05_02-46-54.jpg

Ayni damda Jeneva shahrida "Havoning transchegaraviy ifloslanishi boʼyicha strategiyalar" mavzusida Ishchi guruhning 61-sessiyasi boʼliboʼtmoqda. 

Sessiya BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi taʼsis etgan "Havoning uzoq masofalarga transchegaraviy ifloslanishi toʼgʼrisidagi Konvensiya" kotibiyati tomonidan tashkil etildi. Unda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Аtmosfera havosini muhofaza qilish siyosati boʼlimi boshligʼi Аzizjon Kalimbetov ham ishtirok etmoqda.

Taʼkidlash lozimki, “Havoning uzoq masofalarga transchegaraviy ifloslanishi toʼgʼrisida”gi Konvensiya BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi tomonidan 1979-yilda qabul qilingan boʼlib, atmosfera havosi ifloslanishiga qarshi birgalikda kurashishda harakat qilish uchun xalqaro huquqiy asos yaratdi. 

https://eco.gov.uz/uploads/global/%D0%9D%D0%BE%D0%B2%D0%B0%D1%8F%20%D0%BF%D0%B0%D0%BF%D0%BA%D0%B0/%D0%91%D0%B8%D0%BE%D1%85%D0%B8%D0%BB%D0%BC%D0%B0%D1%85%D0%B8%D0%BB%D0%BB%D0%B8%D0%BA/NewFolder/NewFolder/photo_2023-09-05_02-46-33.jpg

Konvensiyaning asosiy tamoyillari — inson salomatligi va atrof-muhitni ifloslanishning salbiy taʼsiridan himoya qilish, atmosfera havosi ifloslanishi va uning oqibatlarini mintaqaviy koʼlamda tadqiq qilish hamda monitoringini amalga oshirishdir.

Mazkur konvensiya atmosfera havosiga ifloslantiruvchi tashlamalarni kamaytirishga qaratilgan asosiy xalqaro bitimlardan biri hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, konvensiya 1983-yilda kuchga kirgan va ayni damda BMT YeIKning hududiy doirasiga kiradigan 51 davlat Konvensiya ishtirokchisi hisoblanadi.

Butun dunyoda bo‘lgani kabi mamlakatimizda ham hozirgi kunda energetikaning kutilayotgan rivojlanishi havoning ortiqcha chiqindi gazlari bilan ifloslanishiga olib kelishi mumkin. 

Bu esa inson sogʼligʼiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Shu sababli Konvensiya Markaziy Osiyodagi qoʼshni davlatlar bilan bir qatorda Oʼzbekistonda ham havoga tashlamalarni nazorat qilish va kamaytirish boʼyicha aniq choralar koʼrish imkonini beradi. Natijada tashlamalarni va uning inson salomatligiga salbiy taʼsirlarini sezilarli darajada kamaytirishga erishish mumkin.